Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish bog‘ida “20 iyul xalqaro axmat kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi birinchiligi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaxmat sport turini yanada ommalashtirish va aholi ӯrtasida keng targ‘ibot qilish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro shaxmat kunini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishdan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada shahar va tuman bosqichlari,  davlat muassasalari xodimlari orasida ӯtkazilgan musobaqa g‘oliblari ishtirok etdi.

Ochiq havoda o‘tkazilgan musobaqada 4 ta toifadagi aholi vakillari, ya’ni 14-30 yosh orasida bo‘lgan o‘smirlar va yoshlar, 30-50 yosh oralig‘idagi yoshi kattalar, 50 yoshdan yuqori bo‘lgan nuroniylar va jismoniy imkoniyati cheklangan professional va havaskor shaxmatchilar g‘oliblik uchun bellashdi. Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassiclar tomonidan yosh avlod uchun shaxmat bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkazildi.

 

  Dovud ABIBULLAEV,

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA