Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda jamoat tartibi va tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda fidokorona xizmat qilayotgan 20 nafar xodim ishtirok etib, o‘zaro bellashdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasidan safdor M.Nazarbekova, ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasidan katta leytenant N.Alavatdinova egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasidan kichik serjant U.Qutibayevaga nasib etdi.
G‘oliblarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik I.Ahmedov qutlab, ularga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal hamda sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA