Shuning uchun, Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston metallurgiya kombinatining “Yoshlik oromgohi” negizida yil davomida faoliyat yuritadigan Respublika iqtidorli yoshlar oromgohi tashkil etiladi.
Oromgoh Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar agentligi tasarrufida bo‘lib, uning barcha xarajatlari “O‘zmetkombinat” tomonidan moliyalashtiriladi.
Bu maskanda yoshlar yil davomida aniq fanlar bilan birga, badiiy adabiyot, tasviriy san’at va musiqa bo‘yicha bilim va malakasini oshiradi. Har yili ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida festivallar tashkil etiladi.