Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida maktablarda o‘quvchilarni kompyuterdan shunchaki foydalanuvchi emas, balki undan daromad topadigan mutaxassislar qilib tayyorlash zarurligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari qayd etishicha, joriy yil yakuniga qadar umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlari yakunlanadi. Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 5 mingta kompyuter sinflari tashkil etiladi.
Maktablarda axborot texnologiyalari darslari zamonaviy “Kembrij” dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘qituvchilar ham ushbu dasturlar asosida qayta tayyorlanadi.
Xuddi shunday tizim barcha oliygohlarda ham joriy qilinadi.