Nukus Olimpiya zaxiralari kollejida boks bo‘yicha 2003-2004 yillari tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi hamkorlikda tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 300 nafarga yaqin bokschi 11 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Barcha vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi.

Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi birinchi, Andijon viloyati jamoasi ikkinchi, respublika Olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotlar tomonidan kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA