Andijon viloyatiga saraton kasalligini erta aniqlash maqsadiga xizmat qiluvchi mobil mammograf olib kelindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 14 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifi chog‘ida onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Videoselektorda kasalliklarni erta aniqlash maqsadida mobil brigadalar tuzish, xavf guruhiga kiruvchi aholi uchun profilaktik ko‘riklar o‘tkazish zarurligi ta’kidlangandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari, shifokorlar o‘z hududlarida onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirgan edi. Ushbu bildirilgan takliflarga asosan saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etish, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida birinchilardan bo‘lib Andijon viloyatiga mobil mammograf olib kelindi. Endilikda viloyatda ushbu kasallik bilan aziyat chekayotgan bemorlarni erta aniqlash va davolash tizimli samarali yo‘lga qo‘yiladi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA