Nukusda 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Kasaba uyushmalar tashkiloti tomonidan bir guruh fidoiy o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda Orolbo‘yi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan davolash profilaktika muassasalarida jami 16 mingga yaqin o‘rta bo‘g‘indagi tibbiyot xodimlari samarali mehnat qilmoqda.

Shifokor nazoratida bo‘lgan bemorning oyoqqa turib ketishida hamshiraning shirin so‘zligi, o‘z ishining ustasi bo‘lishi bilan bir qatorda ishiga mas’uliyati juda ahamiyatli.

O‘tgan yil xalqimiz boshiga kelgan og‘ir sinov davrida shifokorlar bilan bir qatorda hamshiralarning sa’y-harakatlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning salomatligi tiklandi va qiyin vaziyatlar bartaraf etildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA