Yuridik klinika
– Yo‘q, mumkin emas.
Ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Demak, sizning ish beruvchingizning jamoa shartnomasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslari bo‘lmasa, sizni dam olish kunlari ishlatishi taqiqlandi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 130- modda.
(Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi).
Gulnoza Boboyeva,O‘zA