Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Chempionatning uchinchi kun kechki dasturda supaga -59 kg. vazn toifasidagi ayollar ko‘tarildi.
Ushbu og‘irlikda yurtimiz sharafini yosh iqtidor sohibasi Nigora Abdullayeva himoya qildi.
Ikki kurash natijasi bo‘yicha Abdullayeva 180 (80, 100) kg. natija qayd etdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kun dasturida Adhamjon Ergashev -67 kg. vazn toifasida ishtirok etdi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida dastlabki ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng oxirgi imkoniyatda 140 kg. toshni ko‘tardi. Siltab ko‘tarish mashqini esa polvonimiz 176 kg. bilan yakunladi. Bu natija unga ushbu mashq va ikki kurash bo‘yicha bronza medallarini taqdim qildi.
Osiyo chempionati.
Erkaklar, -67 kg.:
1. Lijun Chen (Xitoy) – 333 kg (153 kg + 180 kg)
2. Minxao Xuang (Xitoy) – 332 (155 + 177)
3. Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston) – 316 (140 + 176)