Qorbobo Qunduzxonning tilaklarini ro‘yobga chiqarish uchun astoydil bel bog‘ladi.

Yangi yil bayramini hammadan ko‘ra bolajonlar orziqib kutadi. Ayniqsa, Qorbobo va Qorqizning sovg‘alarini olish juda maroqli. Farg‘ona viloyatida ham ular ishtirokida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Farg‘ona tumanidagi 52-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Qorboboga maktub” loyihasida barcha o‘quvchilar faol ishtirok etdi. 2-sinf o‘quvchisi Qunduzxon Mahkamovaning Qorboboga yozgan maktubi barchani e’tiborini o‘ziga tortdi.

Unda quyidagi satrlar keltirilgan edi: “Salom Qorbobo! Avvalo sizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Men 2-sinf o‘quvchisiman. Meni tilaklarim juda ko‘p. Avvalo, ota-onam, bobo va buvim, qarindoshlarim baxtimga sog‘-salomat bo‘lishsin. Keyin esa ukam nogiron uni tuzalib ketishini istayman.

Bizning sinfdagi Munisaxon uy maktabida o‘qiydi. Sinfdoshimni tuzalib ketishini istayman. Qorbobojon menga Yangi yil sovg‘asi bo‘lmasa ham shu tilaklarim amalga oshsin. Bu tilaklarim sizdan menga Yangi yil sovg‘asi bo‘lib qolsin”.

Maktab yetakchisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi bu xatni e’tiborsiz qoldirmadi. Bayram arafasida Qorbobo bilan birgalikda Qunduzxonning uyiga tashrif buyurishdi.

Uning akasi Azizbekka nogironlar aravachasi, dugonasi Munisaxonga esa kitoblar jamlanmasi Yangi yil sovg‘alari sifatida topshirildi.

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA