Qozog‘istonning Almati shahrida aralash jang san’atlari – MMA bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz O‘g‘iloy Nasimova o‘zining beshinchi jangini o‘tkazdi.

O‘.Nasimova 58 kilogramm vazn toifasida mezbonlar vakilasi Gulmira Sobirjonovaga qarshi jang olib bordi. Bahsning birinchi raundida sportchimiz raqibiga ketma-ket zarbalar yo‘lladi va uni kokautga uchratdi.

O‘g‘iloy professional faoliyati davomida jami 5 ta jang o‘tkazib, ularning 4 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan.