Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha mamlakat birinchiligining ilk kunida sablya qurolining yakkalik yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishning qizlar o‘rtasidagi bahslarida Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Shahnoza Tog‘aymurodova hamda Gulbonu Esemuratova shohsupaga ko‘tarildi.
Yigitlar o‘rtasida esa Sherzod Mamutov, Allaniyaz Eshanov, Jaloliddin Dushamboyev va Fozil Genjeboyev g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Musobaqalar davom etmoqda.
J.Toshxo‘jayev, O‘zA