Nukusda voleybol bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqada 12 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ikki kun davom etgan musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasi birinchi, Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasi ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA