Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2021” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 170 nafardan ortiq dzyudochi o‘rtasida o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Buxoro viloyati, 2-o‘rinni Toshkent viloyati va 3-o‘rinni Surxondaryo viloyati talabalari qo‘lga kiritdi.
Musobaqada erkaklar o‘rtasida Temur Abishev, Bunyod Fotexov, Nozimjon Axtamov, Umidjon Abdullayev, Erkin Qozoqov, Alovuddin Jo‘raqulov va Bahrom Saitov o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida esa Mohinur Mo‘minova, Mohinur Choriyeva, Sitora Elmurodova, Shahrizoda G‘aniyeva, Hojiniso Kamolova, Filura Ergasheva, Sitora Husanova o‘z vazn toifalarida tengsiz deya e’tirof etildi.