O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan barcha viloyatlarga yangi sud raislari tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Tayinlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan sud tizimining tashkiliy-tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritilgani ortidan amalga oshirildi. Mazkur farmonga muvofiq, 2021 yiln 1 yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tashkil etildi.
Davlat rahbarining tegishli farmoyishiga ko‘ra:
O‘tkirjon Jumayev – besh yil muddatga Jizzax viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
O‘. Jumayev 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Luqmon Qodirov – besh yil muddatga Buxoro viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
L. Qodirov 1966 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Shuhrat Kamolov – besh yil muddatga Farg‘ona viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Sh. Kamolov 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Hamidulla Qudratov – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va shuning besh yil muddatga Navoiy viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
H. Qudratov 1959 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Abduqayum Mahkamov – besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A. Mahkamov 1957 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Tal’atjon Meliboyev – besh yil muddatga Andijon viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
T. Meliboyev 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Bahodir Polvanov – besh yil muddatga Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
B. Polvanov 1979 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi sudyasi lavozimida ishlagan.
Abdulqosim Ro‘ziqulov – besh yil muddatga Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A. Ro‘ziqulov 1965 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Dilshod Tojiboyev – besh yil muddatga Toshkent viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
D. Tojiboyev 1972 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Olim Hayitov – besh yil muddatga Samarqand viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
O.Xayitov 1969 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
A’zamjon Xudoyberdiyev – besh yil muddatga Sirdaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A. Xudoyberdiyev 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan.
Abdurasul Eranov – besh yil muddatga Namangan viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A.Eranov 1961 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz: Qonunga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O‘zA