“QuWatt” brendi ostida avtobenzin ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimdagi “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida “QuWatt” brendi ostida avtobenzin va dizel yonilg‘ilarini ishlab chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Natijada Germaniyaning “BASF SYe” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, zavodda “QuWatt” brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
“QuWatt” AI-95 rusumidagi avtobenzin afzalliklari quyidagilardan iborat:
– dvigatellarda tozalikni saqlashning mukammal ta’siriga erishish imkonini beradi;
– klapanlardagi hosil bo‘ladigan qatlam miqdorini 4 mg/klapan qiymatidan oshmasligini ta’minlaydi;
– dvigatel klapanlarini qatlamlardan yuqori darajada, ya’ni 80% gacha tozalash imkonini beradi;
– avtomobil dvigateli quvvatini oshiradi hamda yoqilg‘ini 3 foizgacha tejalishiga erishiladi;
– qish mavsumida dvigatelning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
– dvigatel yonilg‘isi tizimida, shuningdek, benzinni tashish va saqlash jarayonlarida korroziyaga yo‘l qo‘ymaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning birinchi o‘n kunligining o‘zidayoq, 480 tonna “QuWatt” brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarildi va Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga qo‘yila boshlandi.
O‘zA.