Avtotransport vositasi bilan bog‘liq qoidabuzarlikning turi ko‘p. Ular orasida transport vositalarini tegishli ruxsatsiz qayta jihozlash qoidabuzarligi ancha xavfli hisoblanadi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan ushbu qoidabuzarlik yuzasidan bir kunlik reyd o‘tkazildi.

O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan  21 ta transport vositasi haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Jumladan, 18 ta holatda yuk transporti bort qismi tegishli ruxsatnomasiz ko‘tarilib, qayta jihozlanganligi, 1 ta holatda transport vositasi turi o‘zgartirilganligi va yana 2 ta holatda ruxsatsiz gaz balloni o‘rnatib olinganligi aniqlandi.

Ushbu haydovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 3-qismiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima belgilandi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati.

O‘zA