– Yo‘q, mumkin emas.
Transport vositasini egasining quyidagi qarindoshlari ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:
ota-onasi;
eri (xotini);
bolalari;
aka-ukalari;
opa-singillari.
Ushbu yaqin qarindoshlar haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu tartib Prezidentimizning 2019 yil 9 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
O‘zA
Mazkur ruknda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuridik klinika”si bilan hamkorlikda shu mazmundagi jamoatchilikka qiziq savol-javoblar muntazam berib boriladi.