Bugun, 2021 yil 14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar tomonidan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Hidoyatov Sherzod Saidjonovich nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Sh.Hidoyatov shu kungacha qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalgi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Saliyev Muzaffar zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashgani, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etilgan edi.