Joriy yilning 8-12 yanvar kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida masofaviy tarzda matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasi tashkil etildi.
Unda 14 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi munosib ishtirok etib, olimpiada yakuniga ko‘ra 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 11 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili mazkur Olimpiadada O‘zbekiston jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur xalqaro olimpiada 2005 yildan boshlab har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi Fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib, unda turli davlatlarning jamoalari uch nafar matematika, ikki nafardan fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchilar jamoalari bilan qatnashadilar.
Joriy yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasida 21 ta davlatdan 146ta jamoa, jami 1006 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan Olimpiadada 10 ta jamoa ishtirok etdi.
17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilarning natijalari bilan tanishing:
Tolibov Diyorbek (oltin medal)— Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Ismoilov Doniyorbek (kumush medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Xolmatov Jaloliddin (bronza medal) — Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi
Buriyev Iskandar (bronza medal) — Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi
Obilov Davronbek (bronza medal) — Jizzax viloyati, Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi
Nabixonov Nabixon (bronza medal) — Sirdaryo viloyati Guliston tumani 23-maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Qodirqulov Ilg‘or (bronza medal) — Sirdaryo viloyati Qorako‘l maktabi 10-sinf o‘quvchisi
Raxmatov Anvarbek (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 9-sinf o‘quvchisi
Rajabboyev Lazizbek (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Olimov Olimjon (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Zoirov Afzal (bronza medal) — Navoiy Qorako‘l maktabi 10-sinf o‘quvchisi
Fizika fanidan
Xashayev Rail (kumush medal)— Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
O‘rinov Azimjon (bronza medal) — Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Xo‘jaqulov Dilshodbek (bronza medal)— Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi
Aytish joizki, ushbu xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilarning ishtiroki bilan bog‘liq tayyorlov va muvofiqlashtirish ishlari Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi Sardor Bazarbayev tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek Sardor Bazarbayev ushbu Olimpiadada O‘zbekiston term jamoasining rahbari sifatida qatnashdi.