O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (ikkinchi bor) Rasul Kusherbayev 1987 yil 12 yanvarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan.

Rasul Kusherbayev 2010 yil O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tugatgan.Ko‘pchilik uning ochiqlik, tenglik, adolatlilik hamda so‘z va matbuot erkinligi tarafdori ekanliligini alohida e’tirof etadi. U faoliyati davomida hamisha xalq dardi bilan yashashga, ularning muammosini yechishda jonbozlik ko‘rsataishga harakat qilayotgan deputatlardan biri sanaladi

Rasul Kusherbayev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA tomonidan o‘tkazilgan “Yil tanlovi – 2020”da “Yil odami” deb e’tirof etilgan edi.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev​

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!

O‘zA