O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida uzoq kutilgan “Maktab direktorlari va o‘qituvchilar kasbiy standarti” ishlab chiqildi.

Mazkur loyiha A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan YUNISEF xalqaro bolalar tashkiloti ko‘magi va ta’lim tizimidagi qator tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi.

Pedagogning kasb standartini ishlab chiqishda AQSH, Rossiya, Shvetsiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarning xalqaro tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, kasb standartini ishlab chiqish jarayoniga xalqaro ekspertlar ham jalb qilindi.

Ma’lumot uchun, har bir kasb standarti belgilanar ekan, unda o‘sha kasb egalari uchun talablar ham qo‘yiladi.

Bu hujjat nega kerak edi?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oliy ta’lim muassasalarida qanday shaklda, qaysi talablarga javob bera oladigan pedagoglarni tayyorlash kerak, degan savolga javob topish uchun bu standartlar qo‘yilyapti.