Unda davlatimiz rahbari korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga to‘xtalib o‘tdi.
– Endi barcha davlat organlari qaror qabul qilish jarayonlari ochiq e’lon qilinadi. Oxirgi ikki yilda 2,5 mingga yaqin qaror sudlar tomonidan bekor qilingan. Bu bilimsizlik yoki korrupsiya bilan bog‘liq.
Bu ularning qaror qabul qilishida ochiqlikni ta’minlash zarurligini taqozo etmoqda. Shuning uchun, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.