Oʻzbekiston Prezidenti Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30-oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib oʻtish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtadi.
Forum ishida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Moʻgʻuliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.

 

OʻzA