CHekka hudud aholisiga mobil xizmatlar

Aholining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, shunday qilib, ularni bugungi kundan rozi bӱlib yashashlarini taʼminlash davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yӱnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan keng kӱlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shulardan biri chekka hududlar aholisiga kӱrsatilayotgan mobil (sayyor) davlat xizmati bӱlib hisoblanadi. Bunda aholi shahar yoki tuman markaziga borib yurmasdan, ӱzlari istiqomat qiladigan hududda kundalik hayotiy ehtiyojini qondirish imkoniga ega bӱlmoqda.
photo_2020-10-07_19-54-04.jpg
Jumladan, joriy yilning ӱtgan oylari mobaynida mana shunday mobil (sayyor) davlat xizmatlari Orolbӱyining olis hududlari hisoblangan Qonlikӱl tumandagi “Qosjap”, Shumanay tumandagi “Begjap”, Kegayli tumandagi “Jalpaq jap», Bӱzatov tumanidagi “Kӱk suv”, Mӱynoq tumanidagi “Qozoqdaryo”, Ellikqalʼa tumanidagi “Guldursin”, Tӱrtkӱl tumanidagi “Kӱkcha”, Paxta obod” ovul fuqarolar yigʻinlarida, Qӱngʻirot tumanidagi “Qoraqalpogʻiston” va “Jasliq” shaharcha fuqarolar yigʻinlarida kӱrsatildi.
Bunda fuqarolar asosan farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga quyish, soliq tӱlovchining identifikatsiya raqamini olish, muhandislik kommunikatsiya tarmogʻiga ulanish, pensiya va nafaqa miqdori, sudlanganlik (sudlanmaganlik) tӱgʻrisida maʼlumotnoma olish, fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga hisobga olish, tadbirkorlik subyekti sifatida davlat rӱyxatidan ӱtish, elektron imzo olish va boshqa xizmatlar bӱyicha murojaat etmoqda.
photo_2020-10-07_19-54-14.jpg
Mazkur xizmatlardan aholi samarali foydalanmoqda va bunday shart-sharoit yaratib berilgani uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha. bugungi kungacha olis hudud aholisiga 29 mingdan ziyod mobil (sayyor) xizmat kӱrsatildi.
–Ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan oilalar soha xodimlarining hamisha diqqat-eʼtiborida bӱlib kelmoqda, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bӱlimi yetakchi mutaxassisi Sayyora Bekmuratova.
photo_2020-10-07_19-54-09.jpg
– Har bir mobil (sayyor) davlat xizmati doirasida ehtiyojmand fuqarolarning hol-ahvolidan xabar olinib, zarur xizmatlar kӱrsatilmoqda.
Sohada joriy etilayotgan yangiliklar birinchi navbatda davlat xizmatlarining har bir hududga yetib borishini taʼminlasa, ikkinchidan fuqarolarga ushbu xizmatlardan foydalanishda yana-da qulaylik yaratib, ularning mushkulini oson qilmoqda. Bu esa, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyaning amaldagi ifodasi bӱlib hisoblanadi.
photo_2020-10-07_19-54-01.jpg

Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA