Nukusda ijodiy imtihonlar ham boshlandi

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialining 7 bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar boshlandi.
Imtihonlar Nukusdagi 22-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2-19-sentyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bugun “Kasbiy taʼlim: Xalq ijodkorligi (Vokal ijrochiligi)” yoʻnalishi boʻyicha 41 talaba oʻz bilimini sinovdan oʻtkazmoqda. Mazkur taʼlim yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarning isteʼdodlarini sinash uchun komissiya tashkil qilingan. Komissiyaga Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti Rudakiy Allamboyev boshchilik qilmoqda.
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali joriy yilda 9 yoʻnalish boʻyicha kunduzgi boʻlimga 225, sirtqi boʻlimga 75 talaba qabul qiladi.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA