Avval xabar berganimizdek, Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida e’tirof etilgan edi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni kunlarda terma jamoa tarkibida Laosda bo‘lib turgan futbolchimizga O‘FA rahbariyati tomonidan ushbu mukofot tantanali ravishda topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 5-tur uchrashuvida Qatarga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu kuni terma jamoamizning ikkala goliga ham Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.

Endi Srechko Katanets shogirdlari Laos poytaxtida 19 noyabr kuni KXDRga qarshi bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘ajev, O‘zA