Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, bir oy mobaynida amalga oshirilishi belgilangan charter repatriatsiya reyslari jadvaliga qoʻshimcha kiritildi.
Transport vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Yaponiyadagi Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatimizga olib kelish maqsadida joriy yilning 24-25-sentyabr kunlari Uzbekistan airways aviakompaniyasi Toshkent – Tokio – Toshkent yoʻnalishida parvozni amalga oshiradi.
O’zA