Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 40-oilaviy poliklinika 12 ming 700 dan ziyod aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Muassasa «Salomatlik-3» loyihasi asosida zamonaviy jihozlangan. Bu yerda kasalliklarni erta aniqlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, patronaj ishlarini o‘z vaqtida maqsadli olib borish uchun barcha sharoit yaratilgan. Aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tadbirlari tibbiyot xodimlarining doimiy e’tiborida.
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA