Koronavirusga qarshi 300 xildagi vaksina sinovdan oʻtkazilmoqda - Otabekov

Vaksina haqida juda koʻp gaplarni eshityapmiz: Rossiyada vaksina, Xitoydagi 2 yilga yetadigan vaksina. Ular haqida maʼlumot bersangiz? Ushbu savolga Sanitariya – epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.
“Bugungi kunda butun dunyoning turli mamlakatlarida olimlar tomonidan pandemiyani kelib chiqishiga sabab boʻlgan koronavirus infeksiyasiga qarshi 300 xildagi vaksina sinovdan oʻtkazilmoqda va bu boradagi izlanishlar yaqin kunlarda oxiriga yetadi.
Vaksinalarni sinashni klinikagacha boʻlgan fazasi bugungi kunda tugallangan boʻlib, endi ularni sinashni klinik fazasiga oʻtilgan.
Oʻz navbatida klinik fazalarning oʻzi 3 ta fazadan iborat boʻlib, birinchi fazada bir nechta odamda, ikkinchi fazada har xil yoshdagi guruhlarda, yaʼni bolalar, kattalar va yoshi katta odamlarda oʻtkaziladi. Va nihoyat uchinchi fazada mingdan ortiq odamlar sinovdan oʻtkaziladi.
Vaksinalarni tezlik bilan sinovdan oʻtkazishning oʻzi 6 oy vaqtni oladi. Shu vaqt davomida immunizatsiya qilingan odamlarda vaksinaning samaradorligi va nojoʻya taʼsirlari oʻrganiladi”, deydi Otabekov.

 

OʻzA