Tailandning Samuy orolida yoʻqolib qolgan ukrainalik jurnalist Olga Frolovaning jonsiz jasadi chakalakzordan topildi. Bu haqda “24 kanal” xabar bermoqda.
Pattaya Now portalining yozishicha, 7-iyun kuni yakshanbada oroldagi mehmonxona xodimi politsiyaga chet el fuqarosining jonsiz jasadini topganini maʼlum qilgan. Uning taʼkidlashicha, chakalakzor orqali ketayotganda palma yaproqlari ostida kimningdir jasadini koʻrib qolgan.
Politsiyachilar jasad 25-mayda yoʻqolib qolgan 32 yoshli ukrainalik Olga Frolova ekanini aniqlashgan. Jasadni tasdiqlash uchun chaqirilgan marhumaning eri Dmitriy Frolov Olganing ryukzakida iPhone va noutbuk yoʻqolganini maʼlum qildi.
Pattaya Now portalining yozishicha, Olganing oʻlimi sabablari hali aniqlanganicha yoʻq.
OʻzA