Uchuvchisiz uchish apparatlarini, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish 2025 yilda Fransiyauchun asosiy chaqiriq hisoblanadi, dedi mamlakat mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu.
– Har bir quruqlikdagi brigada yoki dengiz kemasi uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, -dedi u armiyaga yo‘llagan yillik murojaatida.
Vazirning ta’kidlashicha, Fransiya sun’iy intellektdan “barcha operatsion maqsadlarda”, jumladan, o‘t o‘chirishni boshqarish, qiruvchi samolyotlar va atom suv osti kemalarida foydalanish bo‘yicha yetakchiga aylanish niyatida.
Uning eslatishicha, kelayotgan bahorda Fransiya milliy hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun Berjerak shahrida porox ishlab chiqaruvchi yangi zavod ochadi.
Lekornyu 2024 yil mudofaa eksporti bo‘yicha ikkinchi eng muvaffaqiyatli yil bo‘lganini, bu esa “Rafale” qiruvchi samolyotlari va suv osti kemalariga talab yil sayin ortayotganini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA