Qoraqalpogʻiston va Samarqandda 21 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 2586 nafarga yetdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Qoraqalpogʻistonda sogʻayganlarning barchasi uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashinasi haydovchilari boʻlib, Rossiyadan Qozogʻiston orqali yurtimizga kelgan.Tahlil natijalariga koʻra, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Hududlar boʻyicha oladagan boʻlsak, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 36 yoshda, yoshi kichigi esa 23 yoshda.
Endilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzalganlar 122 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 9 nafarni tashkil etmoqda. Yaʼni, Qoraqalpogʻiston koronavirusdan holi hudud boʻlishga juda yaqin turibdi.
Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (6 nafari Oqdaryo tumanidan, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan 4 nafardan, Ishtixon, Payariq va Toyloq tumanlaridan 1 nafardan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi esa 2020-yilda tugʻilgan chaqaloq. Endilikda viloyatda sogʻayganlar 247 nafar, davolanayotganlar 90 nafar tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun hozirga qadar 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2586 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

 

O’zA