NKMK: Saxovat va koʻmak tadbirlari davom etmoqda

Biz saxovatli xalqimiz. Bu qadriyat azaldan qon-qonimizga singib ketgan. Bunday mehr-saxovatga yoʻgʻrilgan koʻmaklar koronavirus pandemiyasi davom etayotgan davrda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham izchil davom etib kelayapti. Jumladan, korxona “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand va muhtoj oilalarga uch oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari toʻplamlarini yetkazib berishga qaror qildi.
Muborak Ramazon oyi arafasida NKMK tomonidan Moʻynoq, Taxiatosh, Tuproqqalʼa, Termiz, Nurobod, Qoʻshrabot, Paxtachi, Gʻallaorol, Termiz, Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota, Karmana tumanlari, Navoiy va Zarafshon shaharlarida istiqomat qilayotgan 2700 ta kam taʼminlangan oilaga dastlabki 13 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari toʻplamlari tarqatildi. Bunday saxovat va koʻmakdan bahramand oilalar kombinat jamoasidan minnatdor. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Abdumajid JOʻRAYEV,
NKMK matbuot kotibi.

 

O’zA