Oʻzbekistonda yana bir telekanal tashkil etilishi mumkin

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.
“Nafaqat yosh kelajak avlodni, shuningdek butun xalqimizni ingliz tilini bilish darajasini yana-da oshirish maqsadida davlat tomonidan yoki davlat sherikchiligi asosida barcha dastur va loyihalari faqatgina ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanal ochishni taklif qilaman”, deyiladi petitsiyada.
Qayd etilishicha, bugungi raqamli iqtisodiyot va globallashuv jarayoni – har qanday kasb egasidan sohani rivojlantirishda chet el tajribasidan foydalanish uchun ingliz tilini bilishni talab qilmoqda.
“Statistik maʼlumotlarga tayanadigan boʻlsak, bugungi kunda internetdagi maʼlumotlarning koʻp qismi ingliz tilida chop qilingan. Shuningdek, hozirgi karantin davrida ushbu islohot oʻquvchi va talaba yoshlar uchun ayni muddao boʻlar edi.
Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etishni taklif qilamiz”, deyiladi murojaatda.

 

OʻzA