Bugun, 9-mart kuni ertalab, Nukus aylanma yoʻli va Spitamen koʻchasi chorrahasida “Nexia” avtomobili “Lovol” yuk avtomobili bilan toʻqnashgan. “Dejurnaya chast” telegram kanalining maʼlum qilishicha, yuk avtomobili chapga harakatlanayotgan paytda “Nexia” boshqaruvchisi quvib oʻtmoqchi boʻlgan va toʻqnashuv sodir boʻlib, “Nexia”da yongʻin yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida “Nexia” boshqaruvchisi va undagi yoʻlovchi vafot etgan. Hozirda sodir boʻlgan YTH boʻyicha aniqlushtiruv-tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi axborot xizmati taqdim etgan maʼlumotga koʻra, 2020-yil yanvar-fevral oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 54 ta yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Shundan piyodalar oʻtish yoʻli bilan bogʻliq 9 ta holat kuzatilgan. Belgilangan tezlikka rioya etmaslik holati 10 ta, harakat vaqtida telefondan gaplashish natijasida bir voqea kuzatilgan. Hududda eng koʻp koʻrsatkich harakat davomida yoʻnalishni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlib, 34 ta holatda yoʻl transport hodisasi roʻy bergan.
Ye.Qanoatov, OʻzA