Oʻtgan yilning 15-dekabr kuni Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.B. ning telefoniga “Telegram” messenjeridagi guruhlardan biridan “Siz 75 ming soʻm pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga tashlab beramiz” degan mazmundagi SMS xabar kelgan.
Bu xabar orqali M.B. ning telefon va plastik karta raqamlari aniqlanadi. Lekin uning plastik kartochkasiga pul tushmaydi, aksincha 868 ming soʻm yechib olinadi. Hozirgi vaqtda bu holat boʻyicha jinoyat ishi ochilgan.

Ichki ishlar vazirligi keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda har xil firibgarlik guruhlari koʻpayib ketganligini va fuqarolarni bu kabi aniq boʻlmagan aksiyalarga ishonmaslikni, oʻzlari tanimaydigan, bilmaydigan odamlarga bank plastik kartalarining seriya raqamlari va kodlarini maʼlum qilmaslikni soʻramoqda.
Yesimxon Qanoatov, OʻzA