SamDU talabalari Orolqumda saksovul ekdi

Samarqand davlat universitetidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda bir guruh faol talabalar Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, Orolning qurigan qismida o‘rmon tashkil etish jarayonida ishtirok etdi.
– Avvalo, Mo‘ynoq tumanida keyingi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdik, – deydi universitet yoshlari yetakchisi Husan To‘xtaev. – Bu yangilanishlar jarayonida yoshlar uchun ham keng imkoniyat, shart-sharoit yaratilganiga guvoh bo‘ldik. Safarimizdan asosiy maqsad esa Orol dengizi o‘rnida paydo bo‘lgan Orolqumda saksovul ekish ishlarida ishtirok etish edi va bu ezgu tashabbusda qatnashganimizdan faxrlanamiz.
Universitet yoshlari Orolqum bag‘rida 2 gektar maydonda saksovul ekib, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shdi.
Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, biologiya va geografiya fakultetlari talabalaridan iborat katta guruh 2019 yilda ham Orolbo‘yiga borib, ilmiy izlanishlar o‘tkazgandi, hududda o‘rmon barpo etishda qatnashgan edi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA