Prezident Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoʻqon shahrida bu yil birinchi marotaba oʻtkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, hududda ish boshlagan sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishi, viloyat faollari, ziyolilar bilan muloqot qilishi ham kutilmoqda.

 

OʻzA