Toshkentda yangi cherkov ochildi

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida “Logos” cherkovining ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda xristian protestantlikka eʼtiqod qiluvchi din vakillari ishtirok etdi.
– Oʻzbekston Respublikasi mustaqilligining oʻtgan 28 yillik davrida mamlakatda din, eʼtiqod erkinligiga keng imkoniyat berildi, barcha din vakillarining oʻzlari sigʻinadigan dini amallarini bajarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi “Logos” protestant masihiylar cherkovi bosh pastori Sergey Ternavoy. – Oʻzbekiston hududida Toʻliq injil masihiylar cherkovi markaziga tegishli 50 dan ortiq qonuniy tarzda faoliyat yuritayotgan xristian ibodatxonalari bor. Ibodatxonamiz 2005-yil qurilgan, davlat kadastr roʻyxatidan oʻtgan. Avgust oyi oxirida cherkov davlat diniy idoralari tomonidan tegishli roʻyxatdan oʻtdi.
Cherkovda ibodat qilish uchun butun Toshkent shahri va viloyat hududlaridan xristian protestantlari kelmoqda. Ibodatxonada bir vaqtning oʻzida yuzdan ortiq dindorlar ibodat qilishi mumkin.

 

OʻzA