Shu yilning 26-30-avgust kunlari Samarqandda “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi.
Maʼlumotlarga koʻra, bu yilgi festivalda 76 davlatdan 315 nafar ishtirokchi qatnashish istagini bildirgan. Shuningdek, 13 davlatdan 20 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadi.
Festival doirasida 25-avgust kuni “Sharq xalqlari anʼanaviy musiqa sanʼatining rivojlanish istiqbollari” mavzusida hamda 26-avgust kuni YUNESKO bilan hamkorlikda “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiyalar oʻtkaziladi.
Bu yilgi festival va xalqaro konferensiyada YUNESKO bosh direktori Odre Azule xonim ishtirok etishi kutilmoqda.
OʻzA