Taekvondochimiz Charos Qayumova Erondagi musobaqada “Eng yaxshi sportchi”, deb topildi

Xabar berganimizdek, Eronning Fajr shahrida taekvondo boʻyicha “Fajr Open” xalqaro turniri oʻtkazildi. Quvonarlisi, unda oʻzbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etdi.
Fajr shahri dayanlarida asosiy tarkibi bilan qatnashgan terma jamoamiz aʼzolari oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqladi.
Musobaqada atletlarimiz 3ta oltin, ikkitadan kumush va bronza medaliga sazovor boʻldi. shunisi eʼtiborliki, xalqaro turnirda 53 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Charos Qayumova musobaqa tashkilotchilari tomonidan turnirning eng yaxshi sportchisi, deb topildi. Qolaversa, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
“Fajr Open” xalqaro turnirida quyidagi sportchilarimiz sovrindor boʻldi:
photo5472230828860877485.jpg
Ayollar
-49 kg. Madina Mannopova – 2-oʻrin
-53 kg. Charos Qayumova – 1-oʻrin
-62 kg. Feruza Sadiqova – 1-oʻrin
-67 kg. Nigora Tursunqulova – 1-oʻrin
+73 kg. Svetlana Osipova – 2-oʻrin
Erkaklar
-54 kg. Valentin Xegay – 3-oʻrin
-74 kg. Nikita Rafalovich – 3-oʻrin

 

OʻzA