Buyuk britaniyalik yengilmas bokschi, WBA, WBO, IBF, IBO kamarlari sohibi – Entoni Joshua “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga turli xil bosimlar oʻz taʼsirini oʻtkaza olmasligini bildirib oʻtdi.
“Hamma aytmoqdaki, Krishtianuni ikki hil vaziyat: ayollar va soliq holsizlantiryapti, deb. Ammo Ronaldu ularga qarata doim tabassum bilan javob qaytarmoqda. U kuchli atlet. Krishtianu oilaparvar inson. Unda barchasi joyida – oʻzini oilaga bagʻishlagan, ishini oʻz maromiga yetkazgan. Kuzatgan boʻlsangiz, uning balansida oilasi va ishi bor xolos. Ronnining obroʻsiga hech qanday tashqi taʼsirlar putur yetkaza olmaydi. Ronaldu – mening sportdagi qahramonim”, – deydi Joshua.
Eslatib oʻtamiz, britaniyalik bokschining navbatdagi jangi 1 iyun kuni Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenada superogʻir vazn toifasida jahon chempioni, WBC kamari egasi Deonte Uaylderga qarshi oʻtkaziladi.
O’zA