Pentagon rahbari Iroqqa eʼlon qilinmagan tashrif bilan keldi

AQSH mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shenaxen Bagʻdodga AQSH qoʻshinlarining Iroqdagi faoliyatini muhokama qilish maqsadida eʼlon qilinmagan tashrif bilan keldi.

“Biz hukumatning taklifiga binoan Iroqqa tashrif buyurdik va bizning maqsadimiz – Iroqning xavfsizlik sohasini rivojlantirishdir“, dedi Shenaxen seshanba kuni Iroqqa qilgan ilk safari chogʻida.

Pentagon rahbari Iroq Bosh vaziri Adel Abdul Mahdiy bilan uchrashishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuvda Iroq masalalaridan tashqari AQSH qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqish muhokama qilinadi.

Sal avval AQSH Prezidenti Donald Tramp Bagʻdoddagi Ayn al-Asad havo bazasida qoʻshinlari saqlab qolinishi haqida gapirib, bundan maqsad – mintaqada muammo keltirib chiqarayotgan Eronni kuzatib turish ekanini aytgan edi.

 

OʻzA