Murojaatnomada davlatimiz rahbari davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bogʻlarini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini koʻrishimiz, ushbu bogʻlar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, “Kitob kafelari” boʻlishi lozimligini taʼkidladi.
Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va maʼlumot olishining asosiy manbai Internet ekani hech kimga sir emas. Shu sababli biz tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul “vay-fay” hududlarini tashkil etish choralarini koʻrishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O’zA