Toshkentda rossiyalik tadbirkor ishtirokida seminar tashkil qilinadi

Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida shu yilning 2 dekabr kuni “Rossiya eksport markazi” tomonidan rossiyalik mashhur tadbirkor Shamil Alyautdinov ishtirokida seminar tashkil etiladi.
Tadbir “Toʻliq anglab yetilmagan qashshoqlik va boylik” mavzusida tashkil etilib, oʻzbek kitobxonlari, biznes va tadbirkorlik sohasida faoliyat koʻsatadigan ishbilarmonlar, keng omma uchun moʻljallangan.
Maʼlumot oʻrnida, Shamil Alyautdinov Shaxsni rivojlantirish boʻyicha xalqaro biznes-loyiha, 30 dan ortiq bestsellerlar muallifi, Rossiyadagi bir necha yirik kompaniyalar investori hisoblanadi.
Saytimizni kuzatishni davom eting, seminar tafsilotlari keng yoritiladi.

 

OʻzA