Bitiruvchilar ikkita diplomli boʻladi

Toshkent farmatsevtika instituti vakillari Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universitetiga tashrif buyurdi. Ular taʼlim dargohidagi kutubxona, kafedralar, labaratoriya xonalari, oʻquv jarayonlari, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish uchun moʻljallangan hudud hamda moddiy texnik bazalari bilan yaqindan tanishdilar.

Sank-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti oʻrtasida memorandum imzolandi. “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, masofaviy malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyib, tez orada professor-oʻqituvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn tarzda darslar tashkil etiladi.

Tashrif soʻnggi Toshkent farmatsevtika institutida Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda fakultet tashkil etish hamda ushbu fakultet bitiruvchilariga ikkita diplom taqdim etilish yuzasidan kelishuv imzolandi.

photo5471920010667600639.jpg

photo5471920010667600642.jpg
photo5471920010667600643.jpg

 

OʻzA