Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi” ishtirokchilari Samarqandda munosib kutib olinmoqda.
Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi oʻrinbosari R.Qobilov BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va maxsus masalalar boʻyicha departamenti direktori Adam Abdelmula, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakili maslahatchisi Vyacheslav Tolmachev, BMTningIqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi Aslan Abashidzeni kutib oldi.
Taʼkidlash lozimki, Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha viloyat shtabi tomonidan har bir ishtirokchini kutib olish va ularga doimiy hamrohlik qilish boʻyicha masʼullar biriktirilgan. Ishtirokchilar kelishi davom etmoqda.