Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov Berlin texnika universiteti ijrochi direktori Arnold Shterngarsni qabul qildi.
Uchrashuvda Germaniya taʼlim tizimining ijobiy jihatlari qayd etildi. Shuningdek, yurtimiz oliy taʼlim tizimida ilgʻor tajribalardan yanada kengroq foydalanish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Toshkent davlat texnika universitetida Berlin texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy tadbirlar bilan kengaytirishga kelishib olindi.
Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA