Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish markazining Qoraqalpogʻiston boʻlimini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
photo5449407694772480464.jpg
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ziyolilar salohiyatini birlashtirish, tadqiqot ishlarini olib borish orqali hududni iqtisodiy rivojlantirishga va modernizatsiyalashga koʻmaklashishdan iborat. Shuningdek, iqtisodiy “texnopolis” va “klaster”larni rivojlantirishda ishtirok etadi.
Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish markazi Boshqaruv Kengashining qarori bilan markazga Ayzada Nurumbetova rahbar etib tayinlandi.

 

OʻzA